Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston va Afg‘oniston ikki davlat temiryo‘l xodimlaridan iborat qo‘shma qo‘mita tuzishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Pajhwok Afghan News.

“Yuk tashish hajmini oshirish, savdogarlarning muammolarini hal qilish va tomonlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsad qilingan”, — deyiladi xabarda.

Ashxoboddagi muzokaralarga Afg‘oniston temiryo‘llari departamenti rahbari Baxtu Rahmon Sharaf boshchilik qilgan.

Foto: “Daryo”

Ekspertlarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Ashxobod Turkmaniston—Afg‘oniston—Tojikiston (TAT) temiryo‘li qurilishi orqali Xitoy bozorlariga, u yerdan esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chiqishga umid qilmoqda.

Afg‘oniston chegaralarigacha temiryo‘l liniyalarini qurib bo‘lgan Turkmaniston endilikda Afg‘onistonning Akina va Hirot shaharlariga rels yotqizish vazifasini o‘z zimmasiga oldi.

Afg‘oniston Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya orqali Yevropaga Lapis Lazuli xalqaro tranzit loyihasida ham ishtirok etmoqda.

Afg‘onistonning Turg‘undi shahridan yuklar temiryo‘l orqali Kaspiy bo‘yidagi Turkmanboshi portiga jo‘natilishi kutilmoqda.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »