Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH harbiy-havo kuchlari yadroviy urush uchun yangi samolyotlar flotini yaratadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: E-4B Nightwatch / aviation24.be

Xabarga ko‘ra, gap “qiyomat samolyotlari” haqida ketmoqda. Bunday aviatexnikalar ekipaj va yo‘lovchilarni atom bombasi portlashidan himoya qilishga qodir. Boeing korporatsiyasi tanlovdan chetlashtirilgan, shuning uchun shartnoma Sierra Nevada Corp’ga o‘tishi mumkin.

AQSH harbiy-havo kuchlari 2024-yilda yangi “qiyomat kuni samolyotlari”ni yaratish bo‘yicha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Biroq Pentagon boshqa kompaniyalardan taklif olgan yoki olmagani haqida izoh bermayapti. Bugungi kunda AQSHda “qiyomat kuni samolyoti” E-4B Nightwatch hisoblanadi. Uning xizmat qilish muddati 2030-yilda tugaydi.

Rejaga ko‘ra, 2024-moliya yilida “qiyomat kuni samolyotlari” flotini rivojlantirish uchun 889 million dollar sarflash ko‘zda tutilgan. 2028-yilgacha dastur uchun yana 8,3 milliard dollar ajratiladi. Hozirda E-4B Nightwatch AQSH mudofaa vazirini tashish uchun ishlatiladi. U mobil qo‘mondonlik posti sifatida yaratilgan. Samolyot yadro portlashlari va elektromagnit ta’sirlarga bardosh bera oladi. AQSHda to‘rtta E-4B samolyoti mavjud, ammo ulardan faqat bittasi doimiy ishlaydi.

“Qiyomat kuni samolyoti”ning ichki ko‘rinishi 

E-4B samolyotlari yonilg‘i bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bir haftagacha osmonda qolishi mumkin. Bortdagi barcha jihozlar yadroviy portlashning zararli omillaridan himoyalangan. Bortda bir vaqtning o‘zida yuzlab odamlar bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »