Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Noyabr oyida Argentinada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Xaver Miley “shok” islohotlar paketini taqdim etmoqchi, deb xabar berdi Bloomberg Argentinaning La Nacion gazetasi nashriga tayanib.

Foto: Reuters

Nashr manbalari hujjat “yangi ijtimoiy shartnoma” bo‘lishini aytdi. U nafaqat yangi maʼmuriyat davridagi hukumat tuzilmasini belgilovchi “vazirlik qonuni” standarti, balki siyosiy va iqtisodiy xarakterdagi boshqa choralarni ham o‘z ichiga oladi.

Ular orasida quyidagilar bor:

  • vazirliklar sonini hozirgi 18 tadan sakkiz yoki to‘qqiztaga qisqartirish, shuningdek, ular tarkibidagi quyi tuzilmalarni tugatish;
  • tog‘-kon va neft sohalarida iqtisodiy qonunchilik regulyatsiyasini bekor qilish (bu investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun zarur, dedi La Nacion manbasi);
  • soliq tizimini soddalashtirish;
  • mehnat sohasidagi o‘zgarishlar (masalan, ish beruvchilar uchun jarimalar tizimini kamaytirish va kompensatsiyani ishsizlik fondi bilan almashtirish);
  • davlat korxonalarini xususiylashtirish yoki ularning ulushlarini xodimlarga berish;
  • partiyalarni moliyalashtirish va praymerizlarga ta’sir qiladigan “siyosiy islohotlar”.

Muxolifatchi Miley prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongandi. U 56 foiz, uning raqibi, o‘sha paytdagi hukmron koalitsiya nomzodi va iqtisodiyot vaziri Serhio Massa 44 foiz ovoz to‘pladi. Miley 10-dekabrda prezident lavozimiga kirishadi.

Siyosatchi o‘zini “anarxo-kapitalist” deb ta’riflaydi: saylovoldi kampaniyasi davomida u so‘nggi o‘n yil ichida oltinchi turg‘unlik arafasida turgan va 143 foiz inflyatsiyadan aziyat chekayotgan Argentina iqtisodiyotini yaxshilash bo‘yicha radikal va’dalar berdi. Xususan, u mamlakat Markaziy bankini tugatish va milliy valyuta – pesodan voz kechib, uni Amerika dollariga almashtirishni taklif qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »