Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda shahar va tuman hokimlarining vakolati belgilab berilganini, hokimlar vakolatida kimgadir topshiriq berib, tadbirkorni qamatib yuborish darajasidagi imkoniyat yo‘qligini aytdi.

Shahar va tuman hokimlarining vakolatlari belgilab berilgan, bilasiz. Vakolatdan chetga chiqib, kimnidir jazolash, 15 sutkaga qamash haqida o‘y-xayol ham yo‘q, vakolat ham yo‘q. Unday topshiriq ham berilmagan. O‘sha kungi yig‘ilishda shahar obodonchiligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish bo‘yicha masala ko‘tarildi. Bizning Telegram’da guruhlarimiz bor, u yerda mahallalardagi yettiliklar tomonidan muammolar yozib boriladi. Shuningdek, yettilik faoliyatida qanday muammolar bo‘lsa, ushbu muammolarni ham yozib borishadi. Shu guruhlar orqali yozilgan muammolarning eng ko‘pi bu mahallalardagi chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmasligi bo‘ldi. Haftalab, o‘n kunlab chiqindi olib ketilmasligi aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan. Shundan kelib chiqqan holda yig‘ilishda mas’ullarga bu muammoni o‘rganib, qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgandi. Hech kimni sud qarorisiz qamab bo‘lmaydi. Qolaversa, unday topshiriq bo‘lmagan, — dedi Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev jurnalist savoliga javob berar ekan.
Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev jurnalist bilan suhbatda.
Foto: “Daryo”

Hokimning ma’lumot berishicha, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkor ko‘magida shaharni rivojlantirish uning asosiy maqsadlaridan biri.

Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev jurnalist bilan suhbatda.
Foto: “Daryo”
Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, uning taklif va muammolarini eshitib yordam berishga harakat qilamiz. Hammamizning maqsadimiz bitta — Termiz shahrini rivojlantirib, aholining yashash tarzini yaxshilash, — deydi hokim.

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev IIB boshlig‘iga og‘zaki topshiriq berib, tadbirkorni 15 sutkaga qamatishga uringani, ammo jamoatchilik e’tirozi bunga yo‘l qo‘ymagani xabar berilgandi.

“Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan surxondaryolik tadbirkor, Shuhrat Shernazarov Termiz shahridagi chiqindi konteynerlariga tashlangan chiqindini tashish bilan shug‘ullanuvchi “Bio texno eko” MCHJ rahbari sifatida faoliyat yuritishini, hokim zo‘ravonligi uning shaxsiy kabinetidayig‘ilish paytida sodir bo‘lganini aytib bergandi. 

Foto: “Daryo”
Hokim meni qamatishi haqidagi gapidan oldin yoniga chaqirib olib, bo‘ynimga musht qo‘yib, tashkilot rahbarlarining oldida itarib yubordi. Yiqilib tushishimga sal qoldi, o‘zimni o‘nglab oldim, — degandi tadbirkor.

Termiz shahar hokimligining mazkur holatga bildirgan dastlabki munosabatida aytilishicha, tadbirkorga nisbatan jarima chorasi qo‘llanilgan. Mutasaddilar, keng jamoatchilik faollari ishtirokida Termiz shahri bo‘ylab bunyodkorlik ishlarining borishi ko‘zdan kechirilganda, chiqindixonalardagi to‘planayotgan chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani haqida aholi tomonidan norozilik bildirilgan. 

O‘ktam To‘rayev.
Foto: “Daryo”

Shu bois o‘rganish jarayonidagi mazkur ishlarga bevosita masʼul va javobgar bo‘lgan “Bio texno eko” MCHJ tomonidan chiqindixonadagi chiqindilarni olib ketish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgani, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni muntazam ravishda bajarmasdan kelayotgani va shaharni obodonlashtirish qoidalarini buzgani sababli ichki ishlar organlari tomonidan huquqiy baho berilishi so‘ralgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »