Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oktyabr oyida fuqaro Ural Begimqulov Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimligiga Equinox avtotransport vositasini hadya qilgan edi. 2023-yilda ishlab chiqarilgan Equinox hokimlik balansiga qabul qilingandi.

Foto: Skrinshot

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, narxi 408 million so‘mdan boshlanadigan Equinox hokimlikka bejizga sovg‘a qilinmagani, bunda manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli borligi aytilgan edi.

Qonunchilikka ko‘ra, tuman hokimlariga biriktiriladigan xizmat avtotransport vositalarining qiymati 1 000 bazaviy hisoblash miqdoridan, yaʼni 330 million so‘mdan oshmasligi talabi mavjud.

Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 23-noyabrda Qumqo‘rg‘on tumani hokimligiga Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish haqidagi taqdimnoma kiritgan.
Foto: Skrinshot

Shundan so‘ng, 30-noyabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Equinox avtotransport vositalarini balansga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishini bekor qilgan. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilishni tuman hokimi o‘z zimmasida qoldirgan.

Toshkent hokimligiga sovg‘a qilingan qimmatbaho Mercedes

2021-yilda Toshkent shahrida Latipova Ziyoda ismli ayol o‘zining Mercedes-Benz S500 Hybrid mashinasini shahar hokimligiga tekinga bergandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov Toshkent shahar hokimligiga Mercedes-Benz sovg‘a qilinishida qonun buzilishi bo‘lmaganini aytgandi o‘shanda.

Toshkent hokimligiga sovg‘a qilingan qimmatbaho Mercedes o‘sha vaqtda poytaxtga hokimlik qilgan Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli ekanligi aytilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »