Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 15-turida “Barselona” 3-dekabr, yakshanba kuni “Atletiko”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Joau Feliks sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida “Atletiko”ning uch futbolchisi sariq kartochka olganidan boshqa yorqinroq vaziyatlar bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham birinchisidek asabiy holda davom etdi. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasi “matraschilar”ning dominantligi ostida o‘tdi. Hatto, bir vaziyatda Grizmanning jarimadan tepgan to‘pi o‘z hududida bo‘lgan de Yongning qo‘liga tegdi. Biroq, hakam qo‘l tanaga yopishib turganini hisobga olib, penalti bermadi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin “ko‘k-anorranglilar”ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Barselona” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 34 taga yetkazdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mag‘lubiyatga uchragan madridliklar 31 ochko bilan 4-o‘ringa tushdi. 


La Liga

15-tur bahsi

3-dekabr, yakshanba

“Barselona” – “Atletiko” 1:0

Gol: 1:0 – 28 Joau Feliks.

“Barselona”: Penya, Kunde, Kristensen, Arauxo, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an, de Yong, Pedri, Rafinya (Yamal, 77), Joau Feliks (Ferran Torres, 77), Levandovski.

“Atletiko”: Oblak, Molina (Aspilikueta, 46), Ximenes (Lino, 46), Ermoso, Vitsel, Rikelme (Korrea, 46), Koke (Saul, 66), De Pol, Lyorente, Grizmann, Morata (Depay, 65).

Ogohlantirishlar: Ximenes (31), Vitsel (34), Koke (38), Aspilikueta (47), Joau Feliks (50), Ferran Torres (78), Arauxo (79), Xavi (82), Joau Kanselu (87).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »