Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 28-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Barselona” o‘z maydonida “Portu”ni qabul qildi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Pepe hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Joau Kanselu ajoyib zarba bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi. 57-daqiqada Joau Feliks kataloniyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “ko‘k-anorranglilar” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Manchester Siti” “Leypsig”ga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida zafar quchdi. “Shaharliklar” safida Erling Holand, Fil Foden va Xulian Alvareslar gol muallifiga aylandi. Nemis klubi tarkibida Luis Openda dubl qayd etdi.

“PSJ” va “Nyukasl” o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Parij klubi safida Kilian Mbappe eng so‘nggi daqiqalarda penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, ingliz jamoasida Aleksandr Isak gol muallifiga aylandi.

“Milan” “Borussiya D” bilan kurash olib bordi. O‘yinning 10-daqiqasida Marko Roys penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 37-daqiqada Samuel Chukvuze ajoyib reyd uyushtirib, muvozanatni tikladi. 59-daqiqada Bayno-Gittens dortmundliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada Karim Adeyemi “Borussiya”ning uchinchi goli muallifiga aylandi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va uchrashuv 3:1 hisobi bilan yakunlandi.


YCHL

4-tur

28-noyabr, seshanba

“Barselona” – “Portu” 2:1

Gollar: 0:1 – 30 Pepe, 1:1 – 32 Joau Kanselu, 2:1 – 57 Joau Feliks.

“Barselona”: Penya, Arauxo, Martines, Kunde, Joau Kanselu (Balde, 82), Gundo‘g‘an, de Yong, Pedri, Rafinya (Yamal, 90), Joau Feliks (Ferran Torres, 75), Levandovski.

“Portu”: Diogu Koshta, Joau Mariu (Sanches, 67), Pepe, Fabiu Kardozu (Namaso, 90), Sanusi, Eushtakiu (Niko Gonsales, 81), Varela, Pepe, Taremi, Evanilson (Fransishku Konseysau, 81), Galeno (Toni Martines, 90).

Ogohlantirishlar: Fabiu Kardozu (36), de Yong (37), Joau Mariu (57), Joau Feliks (59), Pepe (74).

“Manchester Siti” – “Leypsig” 3:2

Gollar: 0:1 – 13 Openda, 0:2 – 33 Openda, 1:2 – 54 Holand, 2:2 – 70 Foden, 3:2 – 87 Alvares.

“Manchester Siti”: Ortega, Uoker (Alvares, 54), Ruben Diash (Ake, 46), Gvardiol (Serxio Gomes, 90), Akandji, L'yuis, Grilish (Doku, 54), Bernardu Silva, Rodri, Foden, Holand.

“Leypsig”: Blasvix, Klostermann, Lukeba, Simakan, Raum, Forsberg (Baumgartner, 60), Simons (Poulsen, 75), Shlager (Kampl, 88), Zayvald, Aydara (Karvalyu, 74), Openda (Sheshko, 60).

Ogohalntirish: Ruben Diash (21).

“PSJ” – “Nyukasl” 1:1

Gollar: 0:1 – 24 Isak, 1:1 – 90+8 Mbappe (penalti).

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Shkrinyar, Danilu Pereyra (Gonsalu Ramush, 85), Ernandes, Fabian Ruis, Ugarte (Vitinya, 62), Li Kan In (Asensio, 82), Dembele, Mbappe, Kolo-Muani (Barkolya, 62).

“Nyukasl”: Poup, Trippyer, Sher, Lassels, Livramento, Bruno Gimaraes, Mayli, Almiron, Joelinton, Gordon, Isak.

Ogohlantirishlar: Joelinton (22), Ugarte (36), Li Kan In (54), Dembele (58), Shkrinyar (60), Donnarumma (72), Almiron (83), Poup (90), Gonsalu Ramush (90).

“Milan” – “Borussiya D” 1:3

Gollar: 0:1 – 10 Roys (penalti), 1:1 – 37 Chukvueze, 1:2 – 59 Bayno-Gittens, 1:3 – 69 Adeyemi.

“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav (Krunich, 53), Ernandes, Loftus-Chik, Pulishich, Adli (Yovich, 77), Reynders, Chukvueze (Traore, 77), Jiru.

“Borussiya D”: Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek (Ozjan, 55), Bensebayni, Roys (Brandt, 79), Zabitser, Jan, Malen (Adeyemi, 55), Bayno-Gittens (Volf, 66), Fyullkrug.

Ogohlantirishlar: Tomori (67), Jan (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »