Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi HAMAS harakati tomonidan foydalanilgan tunnellarni suvga bo‘ktirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu maqsadda ular nasos tizimini o‘rnatdi, uning quvvati yerosti yo‘laklariga suv bostirish va ulardan HAMAS jangchilarini haydab chiqarish imkonini beradi, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ) 4-noyabr kuni AQSH hukumati ismi oshkor etilmagan amaldorlariga tayanib.

Foto: AP Photo

Noyabr oyi o‘rtalarida Isroil mudofaa kuchlari Ash-Shati qochqinlar lageridan bir yarim kilometr shimolda kamida beshta nasos o‘rnatish ishlarini yakunlagan. Gazetaning yozishicha, soatiga minglab kubometr suv bilan yerosti tarmog‘i bir necha hafta ichida butunlay suv ostida qolishi mumkin. Isroil nasoslardan barcha garovga olinganlar qo‘yib yuborilishidan oldin foydalanmoqchimi yoki keyin, xabarda aytilmagan

Tunnel tizimi harbiy maqsadlarda ishlatiladi

Reuters xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi vakili tunnellarga suv bostirish rejasi tafsilotlarini izohlashdan bosh tortgan, biroq shunday degan:

“Isroil mudofaa kuchlari turli yo‘llar, turli harbiy va texnologik vositalar yordamida HAMASning terrorchilik imkoniyatlarini yo‘q qilishga urinmoqda”.

HAMAS uzoq yillardan beri harbiy maqsadlarda keng ko‘lamli yerosti yo‘laklaridan foydalanib keladi. Isroil armiyasi da’vo qilishicha mamlakatga hujum paytida HAMAS aynan ushbu tunnellar yordamida Isroil hududiga kirgan. Isroil armiyasi noyabr oyida G‘azo sektoridagi “Ash-Shifo” kasalxonasi ostidagi tunnelni ham topdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »