Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari HAMAS bo‘linmasi qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”

HAMAS qo‘mondoni tinch aholiga va isroillik harbiy xizmatchilarga qilingan bir nechta hujum uchun javobgar bo‘lgani aytilmoqda. Isroil armiyasi vakili kontr-admiral Daniel Xagarining aytishicha, harbiylar HAMASning Shejaya batalyoni qo‘mondoni Vissam Farhatni havo hujumi chog‘ida o‘ldirgan.

Manbaga ko‘ra, Farhat 7-oktyabr kuni Isroilning Nahal-Oz kommunasiga jangchilarni yuborgan. U yerda o‘nlab isroilliklar o‘ldirilgan, o‘nlab odamlar o‘g‘irlab ketilgan. Hagariyning aytishicha, Farhat 2014-yilgi urush paytida Shejaya hududida Isroil askarlariga qilingan hujum uchun mas’ul bo‘lgan. Hodisa oqibatida yetti nafar askar halok bo‘lgan.

“Biz HAMASni yo‘q qilishda davom etish va qo‘shimcha garovga olinganlarni qaytarish uchun sharoit yaratishga e’tibor qaratmoqdamiz”, — dedi Xagari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »