Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden, agar o‘zidan oldingi prezident Donald Tramp Oq uyni yana boshqarish niyatini bildirmaganida, u ham bir muddat prezidentlik qilish bilan qanoatlanib, ehtimol, saylov uchun nomzodini qayta qo‘ymagan bo‘lardi. Bu haqda Bayden 5-dekabr kuni Bostondagi saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish tadbirida aytdi, deb yozadi The New York Times.

Foto: Getty Images
Agar Tramp o‘z nomzodini qo‘ymaganida, men saylovda qatnasharmidim-yo‘qmi, ishonchim komil emas. Lekin biz uning g‘alaba qozonishiga qo‘yib bera olmaymiz, — dedi AQSH prezidenti.

Bayden Trampni ikkinchi bor mag‘lub etish va uning hokimiyatga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.

Nashrning qayd etishicha, Bayden saylovchilar bilan muloqoti chog‘ida Trampning ehtimoliy g‘alabasini “Amerika demokratiyasiga ekzistensial tahdid” sifatida baholagan.

AQSHda prezidentlik saylovi 2024-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tramp ham, Bayden ham unda ishtirok etishini e’lon qilgan.

Tramp AQSHda to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblangan. Avgust oyi boshida u jami 561 yilga qamalishi mumkinligini aytgandi. U aybdor deb topilib, qamoqqa yuborilgan taqdirda ham AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »