Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema yoki Neymar O‘zbekistonga kelishi mumkin. OCHL pley-offiga chiqqan jamoalar savatchalarga ajratildi
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi g‘arb mintaqasida 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Pley-off bosqichida “Navbahor” va “Nasaf” O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Shuningdek, “Al-Ayn”, “Al-Ittihod”, “Al-Hilol”, “An-Nassr”, “Sepaxon” va “Al-Fayha” ham keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Jamoalar savatchalarga ajratildi:
1-savatcha:
“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
“An-Nassr” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Ayn” (BAA)
2-savatcha:
“Nasaf” (O‘zbekiston)
“Navbahor” (“O‘zbekiston”)
“Sepaxon” (Eron)
“Al-Fayha” (Saudiya Arabistoni).
1-savatchadan eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan, guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoalar joy oldi. 2-savatchaga esa eng yomon natija qayd etgan guruh peshqadami va 2-o‘rin bilan chiqqan eng yaxshi 3 ta jamoa joylashdi. “Nasaf” guruhda 1-o‘rinni olgan jamoalar ichida eng kam ochko to‘plaganligi sababli, 2-savatchaga kiritilgan.
Shunga ko‘ra, Karim Benzema, Neymar yoki Ronalduning Qarshiga kelish ehtimoli yuqori.
Bir guruhdan joy olgan jamoalar pley-offda o‘zaro kurash olib bormasligini inobatga olsak, “Navbahor” 1-savatchadagi “Al-Hilol” bilan bahs olib bormaydi. Shu sababdan “An-Nassr”ning Namangan jamoasi bilan to‘qnash kelish ehtimoli bor.
Har qanday holatda ham Saudiyaning yulduzli klublaridan biri 1/8 finalda O‘zbekistonga tashrif buyuradi.