Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 1-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

“Paxtakor” “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Po‘latxo‘ja Xoldorxonov gol urdi. 34-daqiqada Shohruh Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, “Bunyodkor” futbolchisi Velington Taira jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Dragan Cheran muvozanatni tikladi. 59-daqiqada Mahmudjon Mahamadjonov “Bunyodkor”ning uchinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Bunyodkor” g‘alabani rasmiylashtirdi.

“OKMK” o‘zida “Nasaf”ni qabul qildi. Uchrashuvda 1:1 hisobida durang qayd etildi. Olmaliq klubi tarkibida Muhammadanas Hasanov gol urdi, “Nasaf” safida Akmal Mozgovoy darvozani ishg‘ol qildi. Qayd etib o‘tish joiz, 83-daqiqada “OKMK” futbolchilari Sanjar Tursunov va Islom To‘xtaxo‘jayev qizil kartochka bilan jazolandi. 

“Navbahor” esa vodiy derbisida “Neftchi”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Mirzohid G‘ofurov hisobni ochdi. 68-daqiqada Milosh Milovich muvozanatni tikladi. O‘yin oxiriga qadar shu hisob saqlanib qoldi va jamoalar 1 ochkodan qo‘lga kiritdi.


Superliga

26-tur

1-dekabr, juma

“Paxtakor” – “Bunyodkor” 2:3

Gollar: 1:0 — 14 Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 1:1 — 34 Shohruh Abdurahmonov, 1:2 — 37 Velington Taira, 2:2 — 47 Dragan Cheran, 2:3 — 59 Mahmudjon Mahamadjonov.

“OKMK” – “Nasaf” 1:1

Gollar: 0:1 — 53 Akmal Mozgovoy, 1:1 — 60 Muhammadanas Hasanov.

“Navbahor” – “Neftchi” 1:1

Gollar: 0:1 — 39 Mirzohid G‘ofurov, 1:1 — 68 Milosh Milovich.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »