Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 26-turida “Nasaf” va “OKMK” 1-dekabr, juma kuni o‘zaro bahs olib boradi.

Qarshiliklar 47 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Olmaliq klubi 45 ochko bilan 4-pog‘onani band etgan. 

Quyida ikkala jamoa o‘rtasida kechgan bahslar statistikasi havola etiladi

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 33 bor kuch sinashgan. Bo‘lib o‘tgan 15 uchrashuvda “ajdarlar”, 5 o‘yinda esa “konchilar” zafar quchgan. 13 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati 50:29 ga teng. Ustunlik “Nasaf”da.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf“ – “OKMK” 4:0, OKMK – “Nasaf” 2:0.

Jamoalar Superligadagi so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2023 yili 24-iyun kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu bellashuvda qarshiliklar 2:0 hisobida zafar quchishgan. Uchrashuvdagi gollarga Husniddin Aliqulov va Lima Kruzlar mualliflik qilgan.

Jamoalarning Olmaliqdagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalari:

26.06.2022 “OKMK” — “Nasaf”  2:2
15.08.2021 “OKMK” — “Nasaf”  1:1
02.07.2020 “OKMK” — “Nasaf”  2:1
30.09.2019 “OKMK” — “Nasaf”  2:1
19.10.2018 “OKMK” — “Nasaf”  0:2.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »