Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turida “Paxtakor” 24-noyabr, juma kuni “Surxon” mehmoni bo‘ldi.

Foto: PFL

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa “sherlar” hisobni ochdi. 53-daqiqada Dilshod Saitov o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 66-daqiqada Azizbek Turg‘unboyev hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

72-daqiqada “Surxon” futbolchisi Silvanus Nimeli hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Paxtakor” g‘alabani rasmiylashtirdi.

Shu tariqa “Paxtakor” ochkolari sonini 53 taga yetkazdi va muddatidan oldin 2023-yilgi Superliga chempioniga aylandi.


Superliga

25-tur

24-noyabr, juma

“Surxon” – “Paxtakor” 1:2

Gollar: 0:1 — 53 Dilshod Saitov, 0:2 — 66 Azizbek Turg‘unboyev, 1:2 — 72 Silvanus Nimeli.

“Surxon”: 1. Artyom Potapov, 2. Bobirjon Asqarov, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 5. Azizbek Pirmuhammadov (66. Behruz Shaydulov, 71), 6. Artyom Sokal, 7. Dostonbek Tursunov, 10. Tamirlan Jamalutdinov (9. Muhammad Ali Abdurahmonov, 46), 15. Diyor Ramozonov, 18. Silvanus Nimeli, 19. Nuriddin Hasanov, 27. Asilbek Jumayev (77. Asadbek Karimov, 71).

“Paxtakor”: 36. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruz Asqarov (40. Kimi Merk, 71), 3. Hojiakbar Alijonov (77. Dilshod Saitov, 8), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Odiljon Hamrobekov, 10. Dragan Cheran, 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (20. Hojimat Erkinov, 54), 17. Dostonbek Hamdamov (8. Azizbek Turg‘unboyev, 54), 27. Sardor Sobirxo‘jayev (28. Diyor Xolmatov, 46), 34. Farruh Sayfiyev, 88. Shahzod Azmiddinov.

Ogohlantirish: Doston Tursunov (13).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »