Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turida “Navbahor” 24-noyabr, juma kuni “Olimpik” mehmoni bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Ibrohim Ibrohimov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar darvozalar tomon bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratdi. 87-daqiqada esa Sherzod Esanov uzoqda ajoyib zarba bilan toshkentliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Toma Tabatadze hisobni qisqartirdi. Uchrashuv shu hisob bilan yakunlandi va Timur Kapadze jamoasi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Qayd etib o‘tish joiz, o‘yin yakunida “Navbahor” futbolchisi Luka Chermel qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.  

“Olimpik” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 31 taga yetkazdi va 9-o‘rinda bormoqda. Namangan klubi esa 46 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan. 


Superliga

25-tur

24-noyabr, juma

“Olimpik” – “Navbahor” 2:1

Gollar: 1:0 — 43 Ibrohim Ibragimov, 2:0 — 87 Sherzod Esanov, 2:1 — 89 Toma Tabatadze.

“Olimpik”: 1. Shukron Yo‘ldoshev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Ibrohim Ibragimov, 10. Farruh Muxtorov (11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 75), 21. Saidafzalxon Ahrorov (14. Eldor Begimov, 75), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 29. Aleksandr Zevadinov, 30. Jasurbek Jaloliddinov, 77. Sherzod Esanov, 81. Asadbek Jo‘raboyev (37. Alisher Odilov, 67).

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev (31. Luka Chermel, 73), 7. Oston O‘runov (77. Asadbek Sobirjonov, 73), 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abror Ismoilov (21. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 62), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich (4. Azimjon Ahmedov, 73), 91. Toma Tabatadze.

Ogohlantirishlar: Farruh Muxtorov (45+1), Ibrohim Yo‘ldoshev (45+1), Jamshid Boltaboyev (50), Jasur Jaloliddinov (69), Shukron Yo‘ldoshev (82), Luka Chermel (84).

Chetlatish: Luka Chermel (90+8).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »