Teylor Svift 2023-yil Spotifyʼdan 100 mln dollardan ortiq daromad ishlab topdi
Amerikalik xonanda Teylor Svift Spotifyʼdan 100 million dollardan ko‘proq daromad olishi mumkin. Bu haqda xonandaning treklarini yiliga tinglash soniga asoslangan hisob-kitoblarga tayanib xabar berilmoqda.
Yil boshidan buyon xonandaning qo‘shiqlari Spotifyʼda 26,1 milliard marta eshitilgan. Agar dekabr oyida ham ko‘rsatkichlar shu zayilda bo‘lsa, yil oxiriga kelib Teylorning strimingdan olgan daromadi 130 million dollarga yetishi mumkin.
Hozircha, Spotify vakillari va Teylor bu maʼlumotni tasdiqlaganicha yo‘q.
Shuningdek, Billboard’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, Sviftning barcha striming ilovalaridan jami daromadi 200 million dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
So‘nggi paytlarda qo‘shiqchi juda katta mashhurlikka erishdi. Yaqinda Garvard universitetida Teylor Svift ijodiga bag‘ishlangan kurs ochilishi rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Spotify bu — onlayn platforma bo‘lib, millionlab musiqa, video va podkastlarni bitta platformada qulay qilib taqdim qiladigan ilova. Dunyo bo‘ylab sanʼatkorlar va qo‘shiqchilar ilovaga o‘z ijod namunalarini yuklashi mumkin.