Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z ritorikasini o‘zgartirdi va odamlarni Jo Baydenning aqliy qobiliyatlari ustidan kulmaslikka chaqirdi. Bu haqda Tramp Ayovadagi tarafdorlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Kognitiv jihatdan u unchalik yaxshi holatda emas. Lekin bu juda kulgili emas, bu haqda hazil qilmaslik kerak. Bunga jiddiy yondashish kerak, chunki biz yadroviy qurol bo‘yicha buyruq berishi mumkin bo‘lgan inson haqida gapiryapmiz. Bu umuman kulgili emas”, — dedi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp.
Foto: Reuters

Bir hafta oldin energetika kompaniyasi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida Jo Bayden ulardan birining qo‘lida masofadan boshqarish pultini ko‘rdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti xuddi shunday pultni dengiz piyodasi vakili uning ortidan doimo ko‘tarib yurishini, istalgan paytda butun dunyoni portlatib yuborishi mumkin bo‘lgan kodga egaligini aytib o‘tdi.

Keyinchalik prezident matbuot xizmati Baydenning bu so‘zlarini hazil deb atadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »