Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning boyligi davlat rahbarligidan ketgach, 500 million dollarga oshdi. Bu haqda Bloomberg o‘z hisob-kitoblariga tayanib xabar berdi.

Foto: Reuters

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda Trampning boyligi 2,6 milliard dollarga baholangan, hozirda esa 3,1 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Bloomberg Donald Tramp kapitalining oshishini biznesi AQSH ko‘chmas mulk bozoridagi inqiroz vaqtida samara bergani bilan bog‘lamoqda. Xususan, Trampga tegishli ikkita ko‘chmas mulk obyekti qimmatlashgan — Mar-a-Largoda qo‘rg‘oni va Mayamidagi Doral kurorti.

“Kompaniyamiz hech qachon hozirgidek kuchli va yaxshi bo‘lmagan. Bizning pullarimiz ko‘p, qarzimiz esa juda kam. Fantastik vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz”, — degan Tramning o‘g‘li Erik.

Hozirda Donald Tramp Nyu-Yorkda fuqarolik firibgarligi bo‘yicha sud majlislarida qatnashmoqda. Tramp so‘nggi 100 yildan ortiq vaqt davomida sudda ayblanuvchi sifatida guvohlik bergan birinchi AQSH sobiq prezidenti bo‘ldi. U bu jarayonda ikki marta yopiq eshiklar ortida ko‘rsatma bergan, biroq bu sud eshituvlari boshlanishidan oldin bo‘lgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »