Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar bir barrel neft narxi 40 dollargacha tushirilsa, Rossiya Ukrainada “urush olib borolmaydi”, dedi AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Michigandagi tarafdorlari oldida. Uning nutqi C-Span telekanali tomonidan translyatsiya qilindi.

Foto: AP Photo

Trampning ta’kidlashicha, bir barrel neft narxi 115 dollar bo‘lgani sababli, Rossiya “boylik orttirdi” va pul ishlashda davom etmoqda.

“Menga yana to‘rt yil vaqt bering va men mamlakatimizni o‘ldirayotgan bu dahshatli globalizmga barham beraman. Men Qo‘shma Shtatlar eng yirik va eng qudratli sanoat davlati bo‘lib qaytishini ta’minlayman”, — deb qo‘shimcha qildi Tramp.

U prezidentlikka qaytsa, Ukrainadagi urushga tezda barham bera olishi haqida bir necha bor gapirgan.

“Mening (saylovdagi) g‘alabam ma’lum bo‘lishi bilanoq, ikki kishiga qo‘ng‘iroq qilaman: Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga. Biz 24 soat ichida kelishuvga erishamiz”, — degan Tramp ehtimoliy kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmasdan.

Shu bilan birga, u Kiyev eskalatsiyaning oldini olish uchun hududiy yon berishi mumkinligini ham inkor etmagan.

Avvalroq Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning Oq uyga qaytgan taqdirda, Ukrainadagi urushni 24 soat ichida to‘xtatish haqidagi va’dalariga ishonmasligini aytgandi. NBC muxbiri Trampning mojaroni tezda hal qila olishi haqidagi savoliga Zelenskiy savol bilan javob berdi: “Nega u shuni avvalroq qilmagan?”.

Yaqinda Putin 2024-yilgi saylovlarda Donald Trampning g‘alaba qozonishi AQSH bilan munosabatlarni o‘zgartirmasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »