Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024-yilgi saylovlarda Donald Trampning g‘alaba qozonishi AQSH bilan munosabatlarni o‘zgartirmasligini aytdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: Getty Images
“O‘ylaymanki, kim prezident etib saylanishidan qat’i nazar, AQSH tashqi siyosatida Rossiya yo‘nalishida tub o‘zgarishlar bo‘lmaydi”, — deb javob berdi Putin.

Rossiya prezidenti Ukraina bilan urushni bir necha kun ichida hal qilishga va’da bergan Trampning so‘zlarini esladi.

“Bu meni xursand qilmasdan qolmaydi. Bu yaxshi”, — deya davom etdi Putin.

U Trampga Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni “to‘liq bemaʼnilik” deb atadi, chunki aynan Tramp Moskvaga qarshi eng ko‘p sanksiyalar kiritganini aytdi. Rossiya rahbari jiddiy o‘zgarishlarga umid qilishdan maʼno yo‘qligini qayd etdi.

“Amaldagi hokimiyat Amerika jamiyatini Rossiyaga qarshi ruhga solib qo‘ygan”, — dedi Putin.

Shuning uchun u saylovlarda kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, siyosat keskin o‘zgarmasligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp agar u prezident bo‘lsa, Ukrainadagi urushni atigi bir kunda tugatish bo‘yicha muzokara olib borishi mumkinligini aytgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegishli fikr haqiqatdan uzoq emasligini aytgan. Peskov Amerikaning hozirgi prezidentida bunday imkoniyat borligi, lekin u Ukrainaga qurol yetkazib berishni tanlaganini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »