Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni kelasi yil oxirigacha cho‘zmoqchi. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: kremlin.ru

Rasmiylarga ko‘ra, Putin 2024-yil AQSHda bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan urush bo‘yicha rejalarini o‘zgartirmasligi mumkin. Sababi Baydenning saylovdagi ehtimoliy mag‘lubiyati AQSHni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kamaytirishga va Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasini yaxshilashga majbur qiladi. 

Amaldorlardan biri Putinning 2024-yilgi saylovlargacha urushni “ushlab turishga” urinayotganiga “shubhalari yo‘qligini” aytdi.

“Putin Tramp unga yordam berishini biladi. Buni ukrainaliklar va Yevropadagi hamkorlarimiz ham biladi”, — deydi razvedka ma’lumotlaridan xabardor yana bir manba.

Yevropalik diplomat Rossiyaning urushni AQSHdagi saylovlargacha davom ettirishga urinishi “aynan Putinning rejasi” deb hisoblaydi.

Qayd etilishicha, AQSH “Putinning rejalari va uning Tramp uchun ataylab urushni davom ettirayotgani” haqida aniq ma’lumotga ega emas.

G‘arb milliy xavfsizligi, razvedkasi va diplomatik rasmiylari fikricha, kelasi yil Putinning Ukrainadagi qarorlariga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil bo‘lib qolmoqda, bu esa urushning 2024-yil oxirigacha yakunlanishi ehtimolini yanada kamaytiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »