Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1956-yilda Vengriyaga, 1968-yilda Chexoslovakiyaga qo‘shin kiritgan Sovet Ittifoqi siyosatini noto‘g‘ri deb atadi. Bu haqda u Sharqiy iqtisodiy forum sessiyasida Chexiya va Vengriya rasmiylarining “SSSR Praga yoki Budapeshtga tanklar kiritganida o‘zini mustamlakachilardek tutgani” haqidagi bayonotlarini keltirgan moderatorga javoban aytdi.

Foto: “Life.ru”
“Sovet Ittifoqi siyosatining ushbu qismi xato bo‘lganini va bu faqat munosabatlardagi keskinlikka olib kelganini ancha avval tan olganmiz”, — dedi Putin

Uning ta’kidlashicha, “tashqi siyosat sohasida boshqa davlatlar manfaatlariga so‘zsiz zid bo‘lgan hech qanday ish qilmaslik kerak”, ammo “G‘arbning yetakchi davlatlari va birinchi navbatda AQSH” shunday yo‘l tutmoqda.

“AQSH o‘z ittifoqchilariga, hamkorlariga bosim o‘tkazmoqda. Uning do‘stlari yo‘q, faqat manfaatlari bor. Bu mashhur Britaniya formulasining davomi”, — dedi Rossiya rahbari.

Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon mustamlakachi bo‘lmagan, Mamlakat hamkorligi “doim tenglik asosida yoki yordam va qo‘llab-quvvatlash istagi bilan qurilgan”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »