Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHni fashistik mafkura tarafdorlari boshqaradi. Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp “Amerikaning yetakchi ayollari” tadbirida shunday fikr bildirdi. Bu holat o‘zgaradimi yoki yo‘q, bo‘lajak saylovlar ko‘rsatadi, dedi u.

Arxiv foto: Stringer

Trampning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilarning qo‘llab-quvvatlovi bilan u “AQSH tarixidagi eng korrupsion prezident” Jo Baydenni mag‘lub eta oladi. Shunda Amerika xalqi hokimiyat tepasida turgan “marksistik, fashistik va kommunistik zolimlardan” qutuladi.

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, 2023-yil sentabr oyi boshida respublikachi saylovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar saylovchilarning 59 foizi praymerizda Trampni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ko‘rsatadi.

Respondentlarning 60 foizdan ortig‘i sobiq prezidentga 2020-yilgi Jorjiya saylovlari natijalariga aralashish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni siyosiy va asossiz, deb hisoblaydi.

Tramp 2017—2021-yillarda prezidentlik qilgan. U 2020-yilgi saylovda demokrat Jo Baydenga yutqazdi. Bayden ham 2024-yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etish niyatida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »