Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha tinchlik rejasini ommaga taqdim etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda CNN.

Foto: Telegram

Shu bilan birga, Zelenskiy urushni tugatish uchun tinchlik rejasidagi “qizil chiziqlar”ni eslatdi. U Donald Trampni Ukraina o‘z hududlaridan voz kechishni nazarda tutuvchi hech qanday tinchlik rejasini ko‘rib chiqmasligi haqida ogohlantirdi.

“Shuning uchun (agar) hududimizning bir qismini tortib olish va uni Putinga berish g‘oyasi bo‘lsa, bu tinchlik formulasi emas”, — dedi Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishidan keyin.

Donald Tramp agar u prezident bo‘lsa, Ukrainadagi urushni atigi bir kunda tugatish bo‘yicha muzokara olib borishini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegishli fikr haqiqatdan uzoq emasligini aytgan. Peskov Amerikaning hozirgi prezidentida bunday imkoniyat borligini, lekin u Ukrainaga qurol yetkazib berishni tanlaganini ta’kidlagan.

Yaqinda Putin 2024-yilgi saylovlarda Donald Trampning g‘alaba qozonishi AQSH bilan munosabatlarni o‘zgartirmasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »