Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati hududida “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, o‘zidan “yetakchi” yasab olganlar hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar ushlanmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Xususan, 5-dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Andijon shahrida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 104, 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangan quyidagi shaxslar qo‘lga olingan:

  • Andrey Kiselov (1988-yilda tug‘ilgan ),
  • Farrux Shodiboyev (Andijon shahrida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan),
  • Baxtiyor Ergashev (Xo‘jaobod tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan),
  • Alisher Parpiyev (1985-yilda tug‘ilgan).

Ular viloyat hududida oilaviy zo‘ravonlik, mayda bezorilik, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgani aniqlanib, ularning har biriga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Hozirda ularning sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Agar sizlar ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Andijon viloyati IIBning “102” raqami yoki 97-432-10-20 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaat qilgan fuqaro shaxsining sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Andijondagi maxsus profilaktik tadbirlar doirasida jinoyat olami vakili bo‘lgan uch kishi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Namangan viloyati hududida tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb 40 kunligi” doirasida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxs ushlangan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »