Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyada 3-dekabr oqshomida “Oltin kapalak” mukofotining 49-taqdirlash marosimi g‘oliblari aniqlandi. Marosim 1972-yildan buyon har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Unda yil davomida ekranga chiqqan filmlar g‘oliblik uchun kurash olib boradi va eng yaxshilari muxlislar tomonidan aniqlandi. Bu yilgi marosim ham taassurotlarga boy o‘tdi va unda ko‘plab taniqli mehmonlar ishtirok etdi.

“Eng yaxshi serial juftligi” — “Qo‘rg‘on sirlari”

 

Ikki mavsum davomida yuqori reytinglarda bo‘lib kelgan “Qo‘rg‘on sirlari” kartinasi g‘olib deb topildi. Bu mavsumda bizni biroz tushkunlikka solishiga qaramay ssenariy muallifini o‘zgartirib, yana jadvalda birinchilikka qaytdi.

“Yilning eng yaxshi aktrisasi” — Pinar Deniz

Aktrisa ketma-ket ikkinchi yil g‘olib bo‘lgani noyob voqelik. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, Pinar Lotin Amerikasidagi Produ Awardsʼda “Eng yaxshi xorijiy aktrisa” mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

“Men ikki yil ketma-ket eng yaxshi aktrisa mukofotini olganimdan juda ham xursandman. Tadbirda ishtirok etgan barchaga katta rahmat” — deydi Pinar.

Shuningdek, aktrisa “Hukm” seriali ijodkorlariga minnatdorchilik bildirib, unga ishonganliklari uchun rahmat aytdi.

“Yilning eng yaxshi aktyori” — Salih Bademji

Solih Bademji “Klub” serialidagi noodatiy xonanda Selim roli uchun eng yaxshi aktyor deb topildi. Solih ko‘p qirrali aktyor, u nominatsiyaga 3 ta personaj obrazi bilan ishtirok etdi. Bu yil Netflix uchun ikkita raqamli loyiha — “Klub” serialining 2-mavsumi va “Tikuvchi” seriyasining 3-mavsumi chiqdi. Hozirgi kunda aktyor “Tilaklar toshi” telenovellasida qatnashmoqda.

“Erishgan yutuqlari uchun” — “Hukm seriali”

Bu yilgi marosimda “Hukm” seriali “Erishgan yutuqlari uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Uch mavsumdan buyon loyiha yuqori marralarni saqlab kelmoqda va nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. Yaqinda serial ijodkorlari “Emmi” mukofoti bilan taqdirlangan edi.

“Eng yaxshi serial juftligi” — Serenay Sarikaya va Kivonch Tatlitug‘

Serenay Sarikaya va Kivanch Tatlitug‘ juftligi “Oila” serialidagi roli uchun g‘olib deb topildi. Serenayning aktrisalik faoliyati ancha salmoqli bo‘lsa ham, proyekt Kivanch Tatlitug‘ karyerasida katta burilish bo‘ldi. Serialning o‘zi ham “yondirmoqda”.

“Romantik komediya serialidagi eng yaxshi aktyorlar” — Hafsanur Sanjaktutan va Kerem Bursin

Kerem va Hafnasur o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqidagi tinimsiz mish-mishlar tufayli juftlik taqdirlash marosimida ham birga qatnashdi. Kerem Bursin o‘z nutqida turk va ingliz tillarini aralashtirib hayajon bilan gapirgani ijtimoiy tarmoqlarning asosiy mavzuga aylandi.

“Eng yaxshi romantik komedik serial” — “Agar kuchli sevsang”

Serial Turkiyada juda past reytingda bo‘lishiga qaramay g‘olib bo‘ldi.

“Eng yaxshi komedik aktrisa” — Ejem Erkek

Aktrisa bunga qadar ham “Himoyachi” serialidagi roli uchun 2020-yilda “Oltin kapalak” mukofotining 46-marosimida aynan shu nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Ejem Guldur-Guldur shousida ishtirok etganidan so‘ng, turk ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p muhokama qilingan aktrisalardan biriga aylandi. Muxlislar uning parodiya qobiliyatini yuqori baholadi. Bu yilgi marosimda Ejem Erkek “Go‘zal kunlar” serialidagi roli uchun eng yaxshi deb tan olindi.

“Eng yaxshi komedik aktyor” — Chag‘lar Chorumlu

“Yilning eng yaxshi rejissori” — Ketche / Hoqon Kirvavach “Klyukva sharbati” seriali

“Eng yaxshi ssenarist” — Melis Jivelek va Zeynep Gur “Klyukva sharbati” seriali

“Eng yaxshi mitti aktyor” — Ada Erma

U “Klub” serialida Ismet va Rashelning kichik qizi rolini ijro etgan.

“Internetdagi eng yaxshi serial” — “Klub”

“Sharq yulduzi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlanganlar:

Sila Turkog‘lu — “Klyukva sharbati”

Simay Barlas — “Yovvoyi”

Ozg‘e Yag‘iz — “Safir”

Janer Tonchu — “Tropik”

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »