Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Astronomlar Quyoshda koronal teshik deb nomlanuvchi ulkan qora dog‘ paydo bo‘lganini ma’lum qildi. U Yerga nisbatan juda tez va kuchli nurlanishni tarqatmoqda. Bu haqda Space.com xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, plazmada hosil bo‘lgan yorilish g‘ayrioddiy nurlanishning kuchli oqimlarini chiqaradi va Yerga yo‘naltiriladi. Yangi paydo bo‘lgan koronal teshik birinchi marta 2-dekabrda sezilgan. U o‘zining maksimal kengligiga, ya’ni taxminan 800 ming kilometrga atigi 24 soat ichida erishgan. 4-dekabrdan boshlab teshik to‘g‘ridan to‘g‘ri Yerga qaragan. U Yerdan 60 baravar kattaroq ekani aytilmoqda.

Uning ulkan hajmini hisobga olib, mutaxassislar dastlab u kuchli magnit bo‘ronini qo‘zg‘atishi mumkiligini taxmin qilgan. Biroq, keyingi kuzatuvlarda magnit bo‘roni prognoz qilinganidan kuchsizroq bo‘lib chiqdi. Mutaxassislar ulkan teshik Quyosh yuzasida qancha vaqt qolishini hozircha aniq ayta olmaydi. Koronal teshiklarning oldingi kuzatuvlari shuni ko‘rsatadiki, ular odatda 27 kun davom etishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »