Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika tomoni G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki bu “keyingi urush urug‘ini sepadi”. Bunday pozitsiyani AQSHning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vud Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishida bildirdi.

“Qo‘shma Shtatlar isroilliklar ham, falastinliklar ham xavfsiz yashashi mumkin bo‘lgan mustahkam tinchlikni qat‘iy qo‘llab-quvvatlasa-da, biz zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamaymiz. Bu faqat keyingi urush urug‘ini sepadi, chunki HAMAS harakati uzoq muddatli tinchlikni va ikki davlat yaratish yechimini istamaydi”, — dedi u.
Foto: Reuters

Vud, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar “qolgan garovga olinganlarni ozod qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotganini” qo‘shimcha qildi. “Urush G‘azo sektoridagi tinch aholi uchun ham fojia. Ular ko‘rayotgan azob-uqubatlar ko‘lami halokatli va yurakni ezuvchi”, — deya qo‘shimcha qildi diplomat.

Rossiya Federatsiyasining jahon tashkilotidagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi ikki oydan beri G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmaganidan Rossiya nihoyatda hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »