Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arbiy sohildagi Falastin ma’muriyati AQSH bilan G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha urushdan keyingi rejani ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Falastin bosh vaziri Muhammad Shtayye Isroilning HAMASni yo‘q qilish maqsadini noreal deb hisoblaydi.

Foto: Reuters

Siyosatchining Bloomberg agentligiga aytishicha, har ikki tomon ham Isroil G‘azoni qayta egallamasligi, uning hududidan bufer zona yaratmasligi yoki falastinliklarni quvib chiqarmasligi kerak, degan fikrni ma’qullaydi.

Muhammad Shtayyening fikricha, Isroil Falastinning HAMAS harakatini yo‘q qila olmaydi. Uning fikricha, mojaroning eng yaxshi yakuni bu guruhning Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) hamkoriga aylanishi va yangi mustaqil davlatni tiklashga yordam berishidir.

Agar ular kelishuvga va FOTning siyosiy platformasini qabul qilishga tayyor bo‘lsa, unda muzokaralar uchun yo‘l ochiladi. Falastinliklar bo‘linmasligi kerak, — deb taʼkidladi Shtayye.

Avvalroq Reuters agentligi manbalariga tayanib, Isroil hukumati urush tugaganidan so‘ng o‘z hududlariga hujumlarning oldini olish maqsadida G‘azo sektorida arab davlatlari nazorati ostidagi bufer zona yaratmoqchi ekani haqida xabar bergandi. Biroq 6-dekabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urush tugaganidan keyin Isroil armiyasi G‘azo sektorini qurolsizlantirish ustidan nazoratni o‘zida saqlab qolishi kerakligini aytdi.

The Washington Post gazetasining yozishicha, AQSH prezidentining ma’muriyati urush tugaganidan so‘ng G‘azo sektoriga yangi Falastin milliy ma’muriyati rahbarlik qilishini istaydi. Biroq Isroil hukumati ham, falastinliklarning o‘zi ham bu fikrga qarshi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »