Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Salvador hukumati Tether USD emitenti bilan bitkoinlar evaziga fuqarolik berish dasturini ishga tushirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: Salvador prezidenti Nayib Bukele / Explica

Dastur nomi Adopting El Salvador Freedom Visa Program bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyotiga Bitkoin (BTC) yoki USDTga 1 million dollar sarmoya kiritish evaziga Salvador fuqaroligini olishni nazarda tutadi. Dastur shartlariga ko‘ra, har yili ming kishi Salvadorning “oltin” vizasini olishda ishtirok etishi mumkin, ularning egalari keyinchalik mamlakat fuqaroligini olish uchun ariza topshira oladi.

Davlat ushbu dasturdan yiliga 1 milliard dollargacha daromad olishni rejalashtirmoqda va barcha pullar iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatda turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlarga yo‘naltiriladi.

2021-yil sentyabr oyida Salvador kriptovalyutani to‘lov vositasi sifatida e’lon qildi va Bitkoin sotib olishni boshladi. Tanganing sezilarli darajada qadrsizlanishiga qaramay, Janubiy Amerika mamlakati hukumati o‘z strategiyasiga amal qilishda davom etdi. 2022-yil noyabr oyi o‘rtalarida Salvador prezidenti Nayib Bukele mamlakat har kuni bir bitkoin sotib olishni boshlashini aytdi.

Nayib Bukele uzoq vaqtdan beri bitkoinga pul tikib kelmoqda va ushbu kriptovalyutani faol ravishda targ‘ib qilmoqda. Mamlakat aholisining aksariyati hukumatning kriptovalyutaga sarmoya kiritish haqidagi qarorini muvaffaqiyatsiz deb hisoblasa-da, Salvador Bukele qaroridan so‘ng doimiy ravishda qo‘shimcha bitkoinlar xarid qilmoqda. Hozirda mamlakatda 3144 dona bitkoin tangalar bor, ularning bozor qiymati taxminan 136 million dollarni tashkil qiladi.

Dekabr oyi boshida Nayib Bukele Salvadorning bitkoinga kiritgan sarmoyasi to‘liq o‘zini oqlagani, amalga oshirilmagan foyda 3 million dollardan oshganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Salvador raqamli aktivlarni sotishni rejalashtirmaydi va “uzoq muddatli strategiya”ga sodiq qoladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »