Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Farg‘ona” aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Azimut” aviakompaniyasining Moskva—Farg‘ona reysi Namangandagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Ma’lum qilinishicha, bortida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:09 da Namanganga kelib qo‘ngan. A9170 Farg‘ona—Moskva reysi yo‘lovchilari yerusti transportida Namangan aeroportiga yetkazilgan.

8-dekabr kuni quyuq tuman sababli O‘zbekistondagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xususan, Irkutsk—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan S7 Airlines samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namangan aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ngan. Keyinroq O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida qoldirilgan parvozlar bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »