Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropada energiya narxining oshishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati Norvegiyadan ko‘proq gaz sotib olishga va LNG terminallarini yaratishga majbur va bu ancha qimmatga tushadi.

Shols o‘z bayonotini Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) qurultoyida aytdi. Unga ko‘ra, Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgach, Germaniya olgan gazning yarmini yo‘qotgan, Yevropaga esa 120 milliard kub metr yoqilg‘i yetishmay qolgan.

Foto: DW

Rossiya Yevropaga energiya yetkazib berishni to‘xtatdi. Aynan Rossiya prezidenti ishlayotgan gaz quvuri orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatgan.

Kansler, shuningdek, yetkazib berishning uzilishi energiya narxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganini, jahon bozorlarida gaz uchun avvalgidan 10 barobar ko‘proq to‘lashga majbur bo‘lganini aytdi.

Uning qayd etishicha, Germaniya hukumati vaziyatni to‘g‘rilash uchun keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘lgan. Hukumat Norvegiyadan ko‘proq gaz sotib olishga va mamlakat shimolida LNG terminallarini qurishga qaror qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »