Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH yil oxirigacha Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketini e’lon qilmoqchi, dedi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.

“Siz shu oy oxirigacha qo‘shimcha xavfsizlik yordami haqidagi e’lonni eshitasiz, deb umid qilaman”, — dedi u Oq uydagi brifingda.

Foto: Reuters

Kirbining qo‘shimcha qilishicha, seshanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda AQSH prezidenti Jo Bayden Vladimir Zelenskiyni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish uchun yangi mablag‘ ajratish so‘rovini Kongress maʼqullashini so‘rash niyatida ekanligiga ishontiradi.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda” deb ta’kidladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning taʼkidlashicha, Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘lar yuborilishi Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Lavrovning taʼkidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va NATO Ukrainadagi mojaroda nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash orqali ham bevosita ishtirok etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »