Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH harbiy-sanoat majmuasining imkoniyatlari mamlakat ehtiyojlarini qondirish uchun yetmay qolishi mumkin, chunki Vashington o‘zining xorijiy ittifoqchilarini faol ravishda qurol-yarog‘ bilan ta’minlamoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

“Qo‘shma Shtatlar butun dunyo bo‘ylab o‘z ittifoqchilariga qurol-yarog‘ sotmoqda, qarzga bermoda, sovg‘a qilmoqda, bu orqali o‘zidagi o‘q-dorilar, artilleriya snaryadlari va urush holatida kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa qurollarni kamaytiryapti”, — deyiladi nashrda.

Foto: Google Images

Bloomberg agentligiga ko‘ra, AQSH harbiy-sanoat majmuasi mamlakat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan o‘q-dorilarni ishlab chiqara olmasligi mumkin.

“Pentagon barcha kutilmagan vaziyatlarni hisobga olishi va ularga tayyor bo‘lishi kerak. Dushmanlar AQSHda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatmoqda va ular AQSHning mudofaasidagi zaif tomonlari yoki qurollarning yetishmasligidan foydalanishi mumkin degan xavotir bor”, — deydi agentlik eksperti Kortni Makbrayd.

Agentlikning ta’kidlashicha, AQShda artilleriya snaryadlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan porox ishlab chiqaradigan faqat bitta zavod o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Bu fakt mamlakatning “o‘z ishlab chiqarish bazasini yirik davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik davri voqeligiga moslashtira olmasligiga” misol bo‘la oladi, deya xulosa qiladi Bloomberg.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »