Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina va Isroilga ko‘p milliard dollarlik yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasi AQSH Senatida protsessual ovoz berishdan o‘tmadi, deb xabar bermoqda C-Span telekanali. Masalani Kongressning yuqori palatasiga olib chiqish uchun 60 senatorning roziligi zarur edi. 51 deputat “qarshi”, 49 nafari “ma’qul” ovozini berdi.

Foto: Getty Images

AQSH prezidenti Jo Bayden oktyabr oyida Amerika milliy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan jami 106 milliard dollarlik xarajatlar paketini e’lon qilgandi. Xususan, paket doirasida Ukrainaga 61 milliard dollar, Isroilga 14 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ajratishni, shuningdek, 9 milliard dollar miqdorida gumanitar yordam ko‘rsatishni nazarda tutgan.

Bundan tashqari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilarga yordam berish uchun 2 milliard dollar va AQSH janubiy chegarasida xavfsizlikni taʼminlash uchun 14 milliard dollar ajratilishi aytilgan. Paket doirasida AQSh ma’muriyati boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqishni tezlashtirish uchun immigratsiya xizmati xodimlari sonini ko‘paytirishni, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun patrullar sonini oshirishni va migrantlarni qabul qilish markazlarini boshqaradigan shtatlarga mablag‘ ajratishni taklif qilgan.

Demokratlar Senatda 51, respublikachilar esa 49 o‘ringa ega, ammo paketni ma’qullash uchun ularga 60 ta yoki kamida to‘qqiz nafar respublikachining ovozi kerak edi. Agar Senat qonun loyihasini ma’qullasa, u Vakillar palatasiga ovoz berish uchun yuboriladi (odatda qonun loyihalari avval Kongressning quyi palatasi, keyin esa yuqori palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, lekin Senat ham o‘z tashabbusini ko‘rsatishi mumkin — bunda tartib o‘zgaradi).

Vakillar palatasi respublikachilar tomonidan nazorat qilingani sababli, qonun loyihasining Senatdagi muvaffaqiyati uning quyi palata tomonidan ma’qullanishini kafolatlamaydi.

Shu bilan birga, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson AQSHda 25-dekabrga o‘tar kechasi nishonlanadigan Rojdestvo bayrami oldidan Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirishga umid bildirdi.

Senatda ovoz berishdan oldin AQSH prezidenti Jo Bayden nutq so‘zlab, Kongressni qonun loyihasini qabul qilishga chaqirgandi. U harakatsizlik Ukrainaga qarshi boshlangan urushda faqat Rossiyaga foyda keltirishi haqida ogohlantirgan. Bayden ushbu paketning ma’qullanmasligi AQSH uchun “mutlaq aqlsizlik” bo‘lishini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »