Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Mudofaa vazirligi Kongressni prezident Jo Baydenning Ukraina va Isroilga qo‘shimcha moliyalashtirishni ajratish borasidagi so‘rovini ma’qullashga chaqirdi. Ta’kidlanishicha, ushbu mamlakat yordam ko‘rsatish AQSH milliy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur. Bu haqda Pentagon spikerining o‘rinbosari Sabrina Singx videobrifing davomida ma’lum qildi.

Foto: “Korrespondent.net”

Singxning ta’kidlashicha, qo‘shimcha budjet uchun so‘rov Amerika milliy xavfsizligi ehtiyojlarini ta’minlaydi.

“Bu mamlakat harbiy sanoati uchun investitsiyaga aylanib, tashqi yordam ko‘rinishida oldinroq ajratilgan Pentagon qurollari zaxirasini to‘ldirishga yordam beradi”, — deydi spiker o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda idora ixtiyorida prezident vakolati doirasida ajratilgan 4,9 milliard dollarli paket bor xolos. Bundan tashqari, Amerika Mudofaa vazirligining o‘z zaxiralarini to‘lgirish uchun 1,1 milliard dollar qolgan.

Singxning qayd etishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq yordam talab etiladi. “Ukraina qarshi hujumlarni amalga oshirayotganini bilamiz, unga muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlov kerak. Shu sababdan ularning ehtiyojini qondirib borishimiz lozim”, — deydi Pentagon vakili.

Mazkur masala Ukraina mudofaa masalalari bo‘yicha Kontakt guruhining navbatdagi majlisida muhokama qilinadi. Pentagon Ramshtayn formatidagi uchrashuv sanasi va rejasini keyingi bir necha kun ichida e’lon qiladi.

Avvalroq The New York Times gazetasi Jo Bayden ma’muriyati Ukraina va Isroilga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha urinishlarida qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida yozgandi. Bayden maʼmuriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azoni bombardimon qilishda “gumanitar pauza” qilishga ko‘ndirmoqchi. Oq uy Amerikaning Isroilga yordami Netanyaxu Vashington maslahatiga quloq tutishiga kafolat bo‘lishiga umid qilgan. Biroq bu sodir bo‘lmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »