Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH pinhona ravishda Isroilga harbiy yordam ko‘rsatishni oshirdi. Bu haqda Pentagonning ichki hujjatlariga tayanib Bloomberg xabar berdi.

Foto: Reuters

Mamlakat tomonidan so‘ralgan qurollar Israel Senior Leader nomi ostidagi hujjatda keltirilgan bo‘lib, unga oktyabr oyi oxirining sanasi qo‘yilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurollar hozirda yetkazib berilmoqda yoki Mudofaa vazirligi uni AQSH va Yevropa zaxiralaridan jo‘natish ustida ish olib boryapti. Oktyabr oxiridagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Isroil 30 millimetrli artilleriya qurilmalari uchun 36 mingta snaryad, M141 bunkerga qarshi granatomyotlari uchun 1,8 mingta o‘q-dori va kamida 3,5 mingta tungi ko‘rish moslamalarini olgan.

Pentagondagilarning ma’lum qilishicha, mamlakat “Isroil yetarlicha himoyalanishini kafolatlash uchun ichki zaxiralaridan tortib sohaviy kanallarigacha bir nechta usullardan foydalanmoqda”.

Isroil tomoni yuborgan so‘rovlar ichida Apache AH-64 vertolyotlari uchun mo‘ljallangan 2 mingta Hellfire raketalari, 57 mingta 155 millimetrli snaryadlar, 20 mingta M4A1 vintovkalari va boshqalar mavjud.

Hozirga qadar AQSH Isroilga o‘z zaxiralaridan 312 ta Tamir raketa tutib qoluvchilarini bergan. bundan tashqari, Vashington Isroildagi omborlaridan Ukrainaga yuborishni rejalashtirgan 57 mingta 155 millimetrli snaryadlar ortga qaytarilgan.

Avvalroq The New York Times gazetasi Jo Bayden ma’muriyati Ukraina va Isroilga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha urinishlarida qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida yozgandi. Bayden maʼmuriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azoni bombardimon qilishda “gumanitar pauza” qilishga ko‘ndirmoqchi. Oq uy Amerikaning Isroilga yordami Netanyaxu Vashington maslahatiga quloq tutishiga kafolat bo‘lishiga umid qilgan. Biroq bu sodir bo‘lmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »