Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH yopiq eshiklar ortidan Isroil rahbariyatini G‘azo sektoridagi operatsiyani tezlashtirishga chaqirmoqda, chunki uning kechikishi Jo Baydenning prezidentlik saylovlari oldidagi pozitsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi razvedka xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: New Yorker

Razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, Amerika maʼmuriyati o‘n ming falastinlik halok bo‘lishidan xavotirda ekan, gumanitar pauza va artilleriyadan nishonga olish hududlarini cheklashga chaqirmoqda.

“Ammo haqiqat shundaki, amerikaliklar yopiq eshiklar ortida Isroil rahbariyati bilan mutlaqo boshqacha suhbatlar o‘tkazmoqda. Operatsiyani cho‘zib yubormaslik uchun isroilliklarni operatsiyani tezlashtirishga undashmoqda, chunki bu Jo Baydenning saylov oldi pozitsiyasiga salbiy ta’sir qiladi”, — deyiladi Rossiya razvedkasi hisobotida.

Shuningdek, razvedka HAMASning yo‘q qilinishi ko‘p sonli tinch aholi qurbonlariga olib kelishi mumkinligi, ammo AQSH buni maqbul deb hisoblashi, chunki asosiy vazifa harbiy amaliyotlarni imkon qadar tezroq yakunlash ekanini ta’kidladi.

“O‘zining ikkiyuzlamachi pozitsiyasini ilgari surish uchun Bayden jamoasi Angliya va Germaniya rahbarlaridan yordam oldi. Ular birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi tashabbuslarga to‘sqinlik qilmoqchi”, — deya ta’kidladi Rossiya tashqi razvedka xizmati.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »