Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Ukrainaga yangi yordam paketlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishilgan mablag‘lar tugashi munosabati bilan qisqartirilmoqda, dedi Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.

Kirbi brifing chog‘ida Ukrainani moliyalashtirish kamayib borayotganini, shu sababli Qo‘shma Shtatlar “qiyin qarorlar” qabul qilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.

Foto: Reuters

Oq uy matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, AQSH yordam paketlari “avvalgiga qaraganda kichikroq bo‘lib bormoqda, chunki endilikda qolgan mablag‘larni aql bilan sarflashga to‘g‘ri kelmoqda”.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda” dedi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning taʼkidlashicha, Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘lar yuborilishi Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Lavrovning taʼkidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va NATO Ukrainadagi mojaroda nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlashda ham bevosita ishtirok etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »