Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya-Ukraina urushi uzoq vaqt davom etishi mumkinligi, chunki ruslar Kiyev va ittifoqchilar koalitsiyasi bilan hech qanday shartnoma imzolamasligini aytdi. Bu haqda New Voice xabar berdi.

Foto: Reuters

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, urush cho‘zilsa, Rossiya Ukraina hududini o‘qqa tutishda davom etadi, ammo kuchli harbiy operatsiyalarni o‘tkazmaydi. Budanov e’tiborni tarixda davlatlar o‘rtasidagi uzoq yillik urushlar hech qachon qonuniy ravishda tugamagan holatlar borligiga qaratdi. Masalan, Rossiya va Yaponiya 1945-yildan keyin Shimoliy orollar (Rossiya Kuril orollari deb ataydi) bo‘yicha tinchlik shartnomasini imzolamagan.

“Bu hududiy muammo 70 yildan oshgan. Shu sababli bunday ssenariy hozirgi vaziyatda ham bo‘lishi mumkin, chunki Rossiyaning Ukrainaga nisbatan hududiy ishtahasi bor, bu nafaqat Qrimga tegishli. Albatta, bu ishtahani hech kim qondira olmaydi”, — dedi Ukraina razvedksi boshlig‘i.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »