Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Putinning yangi prezidentlik kampaniyasining asosiy mavzusi urush emas, balki “tashqi siyosatga e’tibor” bo‘ladi. Kreml bunda prezidentning chiqishlari va tashviqot materiallarida tilga olinadigan G‘arb davlatlarining tanqidini tushunadi. Putin ushbu  fonda go‘yoki mamlakatni “xotirjamlik orolchasiga” aylantirgan siyosatchi bo‘ladi. Bu haqda Meduza Rossiya prezidenti administratsiyasiga yaqin ikki manbasiga tayanib xabar berdi.

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Kreml rossiyaliklarda “kollektiv G‘arbni” tanqid qilishga ehtiyoj borligiga ishonadi. “Prezident bu mavzuda gapirishni boshlasa, reytinglar oshayotganini ko‘rish mumkin”, — deydi suhbatdoshlardan biri.

Yana bir manbaning aytishicha, saylovlar arafasidagi tashviqotlarda G‘arb davlatlaridagi “qiyinchiliklar”ga oid yangiliklar liniyasi “kuchaytiriladi”. U Kremlga bo‘ysunadigan OAVlar Parijni “taxtakanalar bosgani” haqidagi ko‘p sonli xabarlarni misol sifatida keltirgan.  

Davlatga bo‘ysunadigan va nazorat ostida bo‘ladigan OAVlar bir vaqtning o‘zida sanksiyalarga qaramay, Rossiya “butun dunyoda kuzatilayotgan tartibsizliklar fonida yomon ko‘rinmayotganini” qayd etishi kerak bo‘ladi. Urushning o‘zi “kampaniyaning orqa planiga” o‘tadi.

Suhbatdoshlarga ko‘ra, ushbu rejalar Amerika OAVlarining Kiyevdagi vaziyatga bag‘ishlangan maqolalari seriyasidan keyin ham o‘zgarmagan. Avvaliga Times jurnalida mashhur muxbir Saymon Shusterning maqolasi chop etildi — Zelenskiyning fikricha, dunyo urushdan charchagan, G‘arb esa xiyonat qilgan. The Economist esa Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning intervyusini e’lon qildi — u frondagi muammolarni tan olib, urush “boshi berk ko‘chaga kirib qolganini” aytgan.

Meduza manbasining aytishicha, “Qora oqqushning qarshi hujumi ehtimoli minimal. Ammo kampaniyaga urushni qo‘shish uchun frontda juddiy muvaffaqiyatlar talab etiladi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »