Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu yil Ukraina nafaqat energetika infratuzilmasini Rossiya hujumlaridan himoya qilishini, balki ularga javob qaytarishini ham taʼkidladi

Foto: Videodan skrinshot

Zelenskiy xavfsizlik organlari, harbiylar va huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan konferensiya yakunida tegishli fikrni bildirdi.

“Uskunalar, o‘q-dorilar, yangi shartnomalar va ta’minot geografiyasi kelgani haqida xabarlar oldim. Frontdagi ma’lumotlarni eshitdim. Kupyansk, Avdeyevkada og‘ir janglar kechmoqda, ammo bizning askarlar o‘z pozitsiyalarini ushlab turmoqda”, — dedi u.

Zelenskiy Rossiya hozir qo‘l yetishi mumkin barcha narsani yo‘q qilishga urinayotganini aytdi. Xususan, hozirda ukrainalik qutqaruvchilar va boshqa xizmatchilar Xersondagi Berislav va Xarkovdagi Borova o‘qqa tutilishi oqibatlarini bartaraf etmoqda.

“Biz energetika infratuzilmasiga terroristik hujumlarga tayyorlanyapmiz. Bu yil nafaqat o‘zimizni himoya qilamiz, balki javob qaytaramiz. Dushman buni yaxshi biladi. Birinchidan, ular flotni Qrimdan olib chiqib ketdi, endi esa samolyotlarini chegaradan uzoqroqqa ko‘chirmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »