Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 6-noyabr kuni kechasi o‘z videomurojaatida hozirda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishning mavridi emasligini ma’lum qildi.

Kadr: Telegram / Vladimir Zelenskiy
“Barchamiz hozir urush vaqti ekanini tushunib turibmiz, ko‘plab chaqiriqlar bor bir paytda saylov mavzusini jamiyatga uloqtirish mutlaqo mas’uliyatsizlik, kaltabinlikdir. Hozir davlatimiz oldida turgan obyektiv vazifalar yuzasidan barcha tegishli tuzilma va mutasaddi tashkilotlardan aniq javoblar kutaman. Bu fuqarolik organlari, davlatning harbiy elementlari, Ukraina Oliy Radasi, Ukraina Xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot idoralari mansabdor shaxslariga tegishli”, — deydi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, hozirda saylovlarni o‘tkazishning mavridi emas.

Avvalroq Ukraina xalq deputati Aleksey Goncharenko mamlakat rahbari Vladimir Zelenskiy prezidentlik saylovlarini 2024-yil 31-martda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullaganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga u “Ishontirishim mumkinki, g‘arbiy hamkorlarimiz bizdan saylovlar o‘tkazishni talab qilmayapti. Hech qanday ommaviy yoki nodavlat talablar yo‘q”, degan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »