Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qishda Ukraina rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidentiga yaqin manbalarga tayanib, Time xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Nashr manbalariga ko‘ra, hukumat vaziri va yuqori martabali generallardan biri ishdan olinadi. Ular “frontdagi sekin taraqqiyot”, ya’ni yetarli darajada muvaffaqiyatli bo‘lmagan qarshi hujum uchun javobgar bo‘ladi. Jurnalistlar bu odamlarning ismini keltirmagan.

Time shuningdek, Zelenskiy AQSHga safaridan keyin “g‘azablangani” va bu G‘arb urushdan charchaganini ko‘rsatganini yozadi. Ukraina prezidenti, bir manbaga ko‘ra, ittifoqchilari tomonidan unga xiyonat qilishganini his qiladi.

“Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya boshlagan urushni davom ettirish niyatida va sulh masalasi uning jamoasida tabu hisoblanadi”, — deb yozadi Time. 

Prezidentning yakuniy g‘alabaga ishonishi uning ba’zi maslahatchilarini xavotirga solmoqda. Zelenskiy ofisi Rossiya harbiy zarbalari tufayli qishda elektr taʼminotidagi uzilishlar ukrainaliklarning mamlakat hukumatidan noroziligiga sabab bo‘lishidan xavotirda.

Time suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, agar o‘tgan qishda ukrainaliklar buning uchun Rossiya qo‘shinlarini ayblagan bo‘lsa, endi ular “tayyorgarlik uchun yetarlicha ish qilmagan” hukumatga qarshi da’vo qilishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »