Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainaning to‘rt nafar harbiy rahbarini terrorchilik harakatlarini sodir etganlikda sirtdan aybladi, deb xabar bermoqda departament matbuot xizmati.

Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi bo‘yicha quyidagi shaxslarga qarshi ayblovlar qo‘yildi:

  • Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov;
  • Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk;
  • Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Aleksey Nyejpapa;
  • Ukraina Harbiy-havo kuchlarining masofadan boshqariladigan samolyotlarining 383-alohida polki komandiri Sergey Burdenyuk.

“Tergov Ukraina oliy harbiy rahbariyatining 2022-yil aprelidan 2023-yil sentyabriga qadar Moskva va Moskva viloyati, Qrim Respublikasi va Sevastopol shahri, Rostov, Belgorod, Bryansk viloyatlari va Rossiya Federatsiyasining bir qator boshqa hududlarida samolyot tipidagi uchuvchisiz uchar apparatlardan foydalangan holda 100 dan ortiq havo hujumlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etgani to‘g‘risida yetarli dalillar to‘pladi”, — deyiladi departament xabarida.

Tergov qo‘mitasi, shuningdek, ayblanuvchilar “qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni jinoyat sodir etishga jalb qilgani”ni daʼvo qilmoqda. Tez orada tergov Ukraina harbiy rahbarlarini qidiruvga berishni va hibsga olish tarzidagi sirtdan ehtiyot chorasini tanlashni rejalashtirmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri Rossiya hududlari, ayniqsa chegara viloyatlari o‘qqa tutildi va dronlar hujumiga uchradi. Eng yirik dron hujumlaridan biri 30-avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. O‘shanda Rossiya Mudofaa vazirligi va mintaqaviy hokimiyatlar havo hujumidan mudofaa tizimlari Bryansk, Ryazan, Oryol, Kaluga, Pskov va Moskva viloyatlarida, shuningdek, anneksiya qilingan Sevastopolda dronlarni urib tushirganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »