Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiyaga yon bosish taklifiga javob qaytardi. Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qildi.

Foto: AFP

Podolyakning ta’kidlashicha, Rossiya muzokaralar o‘tkazishni taklif qilar ekan, nafaqat harbiy mag‘lubiyatga uchramaslik va sodir etilgan jinoyatlar uchun jazolanmaslik, balki “o‘ldirish, zo‘rlash, bosib olish”ni davom ettirishga ruxsat berishni ham talab qilmoqda.

Siyosatchi “urushdan minglab kilometr uzoqlikda qulay tarzda o‘tirganlar” Ukrainani muzokaralarga rozi bo‘lishga chaqirayotganini aytdi. Podolyak bu orqali Rossiya “dunyo nihoyat demokratik qonga bo‘g‘ilguncha va zolimlarni global rahbarlar sifatida tan olmaguncha” jinoyatlarini davom ettirishini bildirdi.

“Agar ruslarning qonxo‘rligi bilan hamma narsa aniq bo‘lsa, unda bu urushning mohiyatini, uning tabiatini va Rossiyaning asl maqsadini tushunmagan demokratik mamlakatlarning alohida fuqarolarini nima undadi? Ular yaqinlarini yo‘qotib, o‘z hayoti va erkinligi huquqini himoya qilayotganlarning niyatlarini tushunishni ham xohlamaydi”, — dedi Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »