Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kiyev G‘arb davlatlari tomonidan va’da qilingan qurollarni to‘liq hajmda olmadi, aslida, Ukrainaga jangovar harakatlarni davom ettirish uchun bir necha barobar ko‘proq qurol-yarog‘ kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Sergey Leshenko ma’lum qildi.

Foto: AP Photo
“Kecha (G‘arb davlatlarining qurollari) o‘n barobar ko‘proq kerak edi. Hech bo‘lmasa va’da qilingan, Ukraina berish bo‘yicha hujjatlashtirilgan qismini olsak ham, yaxshi bo‘lardi, afsuski, ular hozirga qadar ixtiyorimizga kelmadi”, — deydi u “Dom” telekanali efirida.

Leshenkoning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlaridan qurollar yetkazib berilish hajmini oshirishga oid muammolarga yechim Kiyevga bog‘liq emas, unga boshqa narsalar qatorida, qurol ishlab chiqaruvchi zavodlarning quvvatlari, Ukrainaning hamkor mamlakatlar hukumatlari va logistikasi ta’sir ko‘rsatadi.

Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy The Economist jurnaliga Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari Ukrainaga foyda keltirmasligini, chunki Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimini yaxshilab olganini ma’lum qilgandi. U, shuningdek, G‘arbning uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa majmualari va tanklari o‘tgan yili Kiyevga kerak bo‘lganini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »