Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti AQSH rasmiylari Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar bilan birga uzoq masofali ATACMS raketalarini jo‘natganiga munosabat bildirdi.

Foto: BelTA
“Birinchidan, bu, albatta, zarar keltiradi, qo‘shimcha xavf tug‘diradi. Ikkinchidan, biz bu hujumlarni, shubhasiz, qaytaraishga qodirmiz. Ular tahdid solayotganini aytdim, bu o‘z-o‘zidan tushunarli. Lekin eng muhimi shundaki, ular aloqa chizig‘idagi vaziyatni o‘zgartirishga umuman qodir emas. Bu aniq”, — dedi Putin Pekindagi matbuot anjumanida.

Putin ATACMS raketalarining yetkazilishini AQSHning yana bir xatosi deb atadi:

“Bu AQSHning navbatdagi xatosi. Bunga bir nechta sabablar bor. Birinchidan, ular qurol-yarog‘ bilan ta’minlamaganida, kelajakda aytishi mumkin, agar qo‘limizdan kelganini qilganimizda, vaziyat o‘zgargan bo‘lardi, keraksiz qurbonlar bo‘lmasdi, deb. Ular qurol berishdi, ammo natija ham bo‘lmaydi. Shuning uchun bu xato. Ukraina uchun ham yaxshilik bo‘lmaydi. Bu faqat azob-uqubatni cho‘zadi.

Va nihoyat, haligacha ko‘rinmayotgan, lekin katta xato shundaki, Qo‘shma Shtatlar bu mojaroga tobora ko‘proq jalb qilinmoqda”.

Ukraina Qurolli kuchlari 17-oktyabr kuni ilk bor ATACMS raketalarini qo‘lladi, deb ma’lum qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenga minnatdorlik bildirib. Amerika matbuoti xabarlariga ko‘ra, AQSH armiyasi Ukrainaga 160 kilometr masofaga uchadigan raketalarning kichik partiyasini topshirgan. Vashington raketalar berilgani haqida rasman e’lon qilgani yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »