Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Oliy radasi prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan kiritilgan mamlakatdagi harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga — 2024-yil 14-fevralgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qabul qildi. Bu haqda Ukraina parlamenti deputati Yaroslav Jeleznyak xabar berdi.

Foto: Telegram / Yaroslav Jeleznyak

Minimal 226 ovoz talab etilgan holatda 329 deputat harbiy holatni uzaytirish uchun, 322 deputat esa umumiy safarbarlikni davom ettirish uchun ovoz bergan.

“Bu urush boshlanganidan beri parlamentda harbiy holat uchun to‘qqizinchi marta ovoz berishi bo‘ldi”, — deb yozadi Jeleznyak. Deputatning qo‘shimcha qilishicha, bu gal Oliy rada majlisi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi vakillarisiz o‘tgan.

Ukrainada harbiy holat Rossiyaning 2022-yil fevralida mamlakatda keng ko‘lamli harbiy harakatlari boshlanganidan beri amalda. O‘shanda Zelenskiy fuqarolarning umumiy safarbarligi to‘g‘risidagi qonunni imzolagan, unga ko‘ra, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga Ukraina hududidan chiqib ketish taqiqlanadi, ammo alohida holatlar bundan mustasno.  

Avvalroq Ukraina xalq deputati Aleksey Goncharenko mamlakat rahbari Vladimir Zelenskiy prezidentlik saylovlarini 2024-yil 31-martda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullaganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga u “Ishontirishim mumkinki, g‘arbiy hamkorlarimiz bizdan saylovlar o‘tkazishni talab qilmayapti. Hech qanday ommaviy yoki nodavlat talablar yo‘q”, degan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »