Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Pokiston, Misr, Belarus va Braziliya kabi davlatlarga eksport qilgan qurollarining bir qismini qaytarib olishga urinmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Foto: The Wall Streat Journal

Qayd etilishicha, 2022-yilning aprelida Qohiraga tashrif buyurgan rossiyalik amaldorlar Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisidan Rossiya vertolyotlariga o‘rnatilgan 100 dan ortiq dvigatellarni qaytarishni so‘ragan.

Sisi bunga rozi bo‘lgan va 150 ga yaqin dvigatellarni qaytarish keyingi oydan boshlanishi aytilmoqda.

“Ushbu muzokaralar Rossiyaning o‘zining eski mijozlariga yordam so‘rab murojaat qilishga urinishining bir qismi hisoblanadi, ular o‘nlab yillar davomida ruslarning samoloylari, raketalari va havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olib kelgan, natijada Moskva dunyoda qurol eksport qilish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Yil davomida Rossiya Pokiston, Belarus va Braziliyaning rasmiy shaxslari bilan muzokaralar olib borib, hujum qilishga mo‘ljallangan va transport vertolyotlari uchun dvigatellarni qaytarib olishga uringan”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, urush tufayli Rossiya o‘zining foydali qurol eksporti “biznes”ning bir qismini qurbon qilgan. Xususan, Hindiston va Armaniston uchun mo‘ljallangan qurollar Ukraina bilan kechayotgan urush frontiga yo‘naltirilmoqda.

“Moskvaning qurollarni qayta sotib olishga bo‘lgan urinishining aksariyat qismi ukrain qo‘shinlarining mamlakat sharqi va janubiga uyushtirgan hujumlarini qaytarish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mazkur hujum susaygan paytda Rossiya jang maydonida tashabbusni qo‘lga olmoqchi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari 3-noyabrga o‘tar kechasi Shahed tipidagi kamikadze dronlari bilan Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki hisobotida aytilishicha, Ukraina hududi bo‘ylab 38 ta dron uchirilgan, ulardan 24 tasi urib tushirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »